Figurali uchish. O‘zbekistonlik sportchilar tarixda ilk bor Gran-pri turnirida sovrindor bo‘ldi!
Figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida uzoq kutilgan medal. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ekaterina Geynish hamda Dmitriy Chigirev Kanadaning Galifaks shahrida o‘tayotgan musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, hamyurtlarimiz erkin dasturdagi ajoyib ijrolari evaziga 126.12 ball jamg‘arishga erishishdi. Bu mazkur dasturda barcha juftlik ichida qayd etilgan eng yuqori natijaga aylandi. Shu tariqa, ular qisqa dasturdagi chiqishlarini qo‘shib hisoblaganda 189.65 ball to‘plab, kumush medalga ega chiqdilar.
Qayd etish joiz, bu juftlik yo‘nalishida o‘zbekistinlik sportchilarning Gran-pri turnirlarida qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi.
Oltin - D.Stellato-Dudek / M.Desham (Kanada) — 197.33
Kumush - E.Geynish / D.Chigirev (O‘zbekiston) — 189.65
Bronza - A.Golubeva / G.Giotopoulos (Avstraliya) — 186.14



Fikrlar