Filip Xrgovich Aleksandr Usik hamda Tayson Fyuri jangida kim favorit ekanligini aytdi!

  • 19 dekabr, 2023, 16:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasidagi IBF kamariga majburiy da’vogar Filip Xrgovich (16-0,13 KO) Aleksandr Usik (21-0,14KO) va Tayson Fyuri (34-0-1,24KO) o‘rtasidagi mutlaq chempionlik uchun bo‘lajak jang haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Men Usikni har doim ko‘p qirrali jangchi deb bilganman. U texnik, kuchli va doimo yaxshi tayyorlangan. Fyurining so‘nggi jangida uning biroz o‘ziga o‘xshamaganini ko‘rgan bo‘lsak-da, menimcha, bu ko‘proq motivatsiya etishmasligi bilan bog‘liq. Bokschining motivatsiyasi uning ishlashi va natijalariga keskin ta’sir qilishi mumkin.

Men bu jangda o‘z ovozimni Usikka beraman, vaholanki bu bahsda ikkisi ham g‘alaba qozonishi mumkin”, — dedi Xrgovich Frank Uorrenning Queensberry Promotions kompaniyasiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ular 17 fevral kuni Ar-Riyodda jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!