
Finaloldi finalda Frantsiya Angliyani mag‘lub etdi
Jahon chempionati chorak final bosqichdan o‘rin olgan Angliya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda frantsuzlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Chuameni hisobni ochdi, 54-daqiqada Harri Keyn 11 metrlik nuqtadan gol urib muvozanatni tikladi. 78-daqiqada Jiru yana Frantsiya termasini oldinga olib chiqdi.
Angliyada yana bir imkoniyat bo‘lgandi. 84-daqiqada Harri Keyn penaltidan noaniq zarba yo‘lladi. Shu tariqa, Frantsiya yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar