
Firmino EChLda hafta futbolchisi deb topildi
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkzilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra «Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino hammadan ko‘p ovoz to‘pladi va haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Eslatib o‘tish lozimki braziliyalik futbolchi «Portu»ga (2:0) qarshi o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Nomzodlar orasidan shuningdek Son Xin Min («Tottenxem»), Frenki de Yong («Ayaks») va Jerar Pikelar («Barselona») ham joy olishgan edi.
Fikrlar