Flik “Barsa” yulduzlari oldiga nemischa talab qoʻydi

  • 14.06.2026 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket ikkinchi mavsumda “Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan hans-Diter Flik futbolchilarga kelasi mavsum uchun talablarini aytdi.

Germaniyalik murabbiy shogirdlaridan yangi chempionatda nimani kutayotganini aniq bildirdi.

- Nemislar hech qachon toʻxtamaydi va men aynan shunday ruhiyatni Kataloniyadagi futbolchilarimdan talab qilaman. Kelasi mavsumda bizni yanada katta maqsadlar kutmoqda.

Men kelasi mavsum uchun toʻliq tayyorman. Futbolchilardan toʻliq fidoyilikni kutaman va soʻrayman. Har bir oʻyinchi ushbu klub va jamoa uchun bor kuchini berishini istayman, - dedi Xansi Flik.

Uning soʻzlarini jurnalist va insayder Fabrizio Romano keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, kataloniyaliklar ushbu mavsumda “Real”ni ortda qoldirib, Ispaniya La Ligasi chempioni boʻldi, biroq Yevropa Chempionlar ligasida maqsadiga yetolmadi. Flik shogirdlari qitʼaning eng nufuzli musobaqasi chorak finalida Madriddning ikkinchi klubi “Atletiko”dan magʻlubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!