Flik: "Bir yarim yil ichida qancha "el klasiko" bo‘lgan? Biz faqat bir marta yutqazdik"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Real" hujumchisi Kilian Mbappening jamoa himoyasiga tahdidi haqidagi savolga javob berdi. 11 yanvar, yakshanba kuni jamoalar Ispaniya Superkubogi finalida to‘qnash kelishadi.
"So‘nggi bir yarim yil ichida qancha "el klasiko" o‘ynadik? Qancha yutqazdingiz? "Barselona" atigi bir marta yutqazdi. Hamma gap shunda.
Mbappe fantastik futbolchi ekanini bilaman. U himoya chizig‘i ortida bo‘sh joyga ega bo‘lsa, fenomenal bo‘ladi. Har doimgidek ba’zi narsalarni o‘zgartiramiz, lekin faqat Mbappe tufayli emas. Bizning falsafamizga, g‘oyalarimizga e’tibor qaratishmoqda", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Flik 2024 yil yozida "Barselona"ga kelganidan beri "ko‘k-anorranglilar" bir marta - La Liganing joriy mavsumining 10-turida "Real"ga yutqazdi (1:2).

Fikrlar