
Flik: "Bu omad emas, mehnatning natijasidir"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Betis"ga qarshi muhim bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan holda, ko‘plab qiziqarli savollarga to‘liq javob berib o‘tdi.
"Yigitlar maydondagi javobgarliklarini to‘g‘ri amalga oshirishmoqda. Ularning bu boradagi va to‘p bilan ishlashdagi o‘sishini ko‘rish juda yoqimli. To‘pni boshqarishimiz juda yaxshi."
Gavining ahvoli jiddiy emas. U ertaga o‘ynashi mumkin.
Ertaga g‘alaba qozonish uchun eng yaxshi holatimizda bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga, bo‘lajak uchrashuv qiyin bo‘ladi va biz o‘yin vaqtini nazorat qilishimiz, charchoqni hisobga olishimiz kerak.
Biz katta orzu qilishimiz kerak, lekin keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz zarur. Jamoa o‘ziga ishonyapti, degan umiddaman. Shu sababli, Biz hamma narsa uchun kurashyapmiz, barcha sovrinlarni yutishni xohlaymiz.
Bu faqat omad emas, bu — mehnatning natijasi. G‘alaba ruhi va muhit ajoyib. Har bir o‘yinchi 100 foizini berayotganidan mamnunman. O‘tgan oy biz qanday ishlayotganimizni ko‘rsatdi.
Bu faqat maydondagi 11 o‘yinchi haqida emas. Zaxirada turganlar ham muhim. Biz hozir Dortmund haqidagi o‘yinni o‘ylamayapmiz, faqat Betisga e’tibor qaratganmiz. Bizning yondashuvimiz shunday. Albatta, ertaga maydonga yangi kuchlar (rotatsiya) bilan chiqishimiz kerak" - dedi germaniyalik murabbiy.
Fikrlar