Flik: "Chelsi"da juda yaxshi yosh futbolchilar va ajoyib murabbiy bor"

  • 25 noyabr, 16:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Barselona" urchashuvidan oldin kataloniyaliklar bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

Mareskaning taktikasi haqida:

"Har bitta raqibga qarshi xar hil o‘yin uslubida o‘ynaymiz, ularga qarab o‘zgaramiz. Biz qanday o‘ynashni istayotganimizni bilamiz, lekin raqibga qarab, nima kerakligini ham tushinib olamiz. Har bir o‘yinga bir xil yondashmaymiz".

FC Barcelona Training Session And Press Conference - UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD5

"Chelsi" haqida:

"Chelsi" dunyodagi eng yaxshi jamoalardan bittasi. Ularda juda yaxshi yosh futbolchilar va ajoyib murabbiy bor. Bu Chempionlar ligasi va oson bo‘lmagan o‘yin, lekin biz oxirigacha kurashamiz. "Chelsi" to‘p bilan faol harakat qilmoqda, biz ham, ular pressing qilishni istaydi, biz ham shundaymiz".

Rafinya haqida:

"Rafinya qadamma qadam qaytmoqda. Men uchun eng muhimi uning qaytgani. Qancha vaqt o‘ynashini ko‘rib chiqamiz. U ikki marta bir xil jarohat oldi. Shunday ekan ehtiyot bo‘lishimiz kerak". 

FC Barcelona v Athletic Club - LaLiga EA Sports

Reshford haqida:

"Reshford "Barselona"da o‘ynayotganidan juda ham xursandman. Men uni faoliyati davomida kuzatib kelganman va uning darajasi, jarima maydonchasi ichida nimalar qila olishi meni hayratga solgan. U uchun bu - yangi futbol, "Barselona", yaxshi ob-xavo... Reshfordning doimo tabassum qilib yurishini ko‘rish ajoyib". 

Jarohatlar haqida:

"So‘nggi haftalarada jamoa ancha yaxshilandi. Frenki qaytdi, Markus qaytdi, Rafa ko‘proq o‘ynay oladi va umid qilamanki, Pedri shu hafta so‘nggida maydonga qaytadi. Shu bilan birgalikda, Garsiyaning jarohatdan qutulgani. Bu juda yaxshi xabar"

FC Barcelona v Athletic Club - LaLiga EA Sports

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!