Flik "Rayo"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoasining o‘yinidan qoniqmaganini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi bahs (1:1)dan keyin jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Biz ancha yaxshi o‘ynay olamiz. "Rayo" a’lo darajada harakat qildi. Men jamoamdan mamnun emasman, ko‘p to‘p yo‘qotdik", — dedi Flik.
Murabbiy shuningdek, darvozabon Joan Garsiyaning o‘yinini alohida ta’kidladi:
"U fantastik o‘yin namoyish etdi, uning seyvlarini ko‘rish ajoyib edi".
Flik so‘zini shunday yakunladi:
"O‘yindan so‘ng futbolchilar bilan gaplashdim. Hozir ular terma jamoalarga ketishadi. Biz yanada yaxshi o‘ynashimiz kerak", - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.



Fikrlar