Flik: "Real" "Xetafe"ni engishi kerak, lekin kutamiz, nima bo‘lar ekan"

  • 19 oktabr, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real" bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Real" bugun La Liga doirasida safarda "Xetafe" bilan bahs olib boradi. "Barselona" esa shanba kuni "Jirona"ni 2:1 hisobida engib, jadvalda birinchi o‘rinni qaytarib oldi.

"Real" "Xetafe"ni mag‘lub etishi kerak, lekin bu o‘yinda nimalar bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi Flik "Madrid Universal" nashriga bergan intervyusida.

Hozir kataloniyaliklar 22 ochko bilan etakchilik qilmoqda, "qirollik klubi"da esa bir o‘yin zaxirada bo‘lgan holda 21 ochkoga ega. 26 oktyabr kuni jamoalar "Santyago Bernabeu"da to‘qnash keladi.

Qayd etish joiz, Flik "Jirona"ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgani sabab "El-klasiko"ni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!