Flik: "To‘pni yo‘qotsak ham bir butun jamoa sifatida hujum qilishimiz kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasida "Ayntraxt"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi. U jamoa o‘yini va muhim printsiplar haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Juda ko‘p narsani oshkor qilgim kelmaydi, chunki ertaga biz jiddiy raqibga qarshi o‘ynaymiz. To‘pni yo‘qotgan zahotingizoq qayta qurilish qilish kerak. Biz himoyalanishimiz, ko‘proq yugurishimiz lozim.
Ishonch va ishtiyoq bo‘lganda esa to‘g‘ri joylashuv juda muhim — shunda to‘pni nazorat qilish mumkin. Biz yagona mexanizmmiz. Futbolchilar bir-biri bilan yaxshi bog‘langanida, hatto to‘pni yo‘qotgan paytda ham imkoniyatlar yaratish mumkin", — dedi Flik matbuot anjumanida.



Fikrlar