Flikning Reshford bilan telefonda suhbatlashgani ma’lumm bo‘ldi

  • 21 iyul, 10:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning bo‘lajak yangi a’zosi Markus Reshford bilan telefonda suhbatlashdi.

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, germaniyalik murabbiy 27 yoshli vingerga o‘z rejalari haqida so‘zlab, shuningdek, ingliz futbolchisiga uning jamoadagi vazifasi to‘g‘risida ma’lumot bergan. Suhbatdan so‘ng murabbiy tezda futbolchining chindan ham "Barsa"da o‘ynashni xohlayotganini va transferni intizorlik bilan kutayotganini anglagan.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan 30 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqda. Yakshanba kuni futbolchi Kataloniya poytaxtiga etib keldi va yaqin kunlar ichida klub kelishuvni rasman e’lon qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!