
Florentino Peres: Bu nohaqlik
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin "Oltin to‘p" tashkilotchilari bu mavsum sovrinni topshirmaslikka qaror qildi. Ushbu voqelikdan so‘ng, "Real" klubi prezidenti Florentino Peres o‘z munosabatini bildirdi.
- "Oltin to‘p" uchun "Real" futbolchilari asosiy da’vogar edi. Jumladan, Karim Benzema. U ajoyib mavsum o‘tkazdi, kerakli pallada gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Biroq sovrin tashkilotchilari ayni paytdagi holatni inobatga olib, bu mavsum sovrinni hech kimga bermaslikka qaror qilishdi. Bu nohaqlik. Chunki chempionatlar oxirigacha o‘tkazildiku, - dedi Peres.
Fikrlar