Florentino Peres: "Bugun futbol olamidagi eng iste’dodli futbolchilardan biri klubimizga qo‘shildi

  • 14 avgust, 19:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Florentino Peres "Real"da Franko Mastantuononi kutib oldi.

Tecno

Bugun 18 yoshli yarim himoyachining "Real" futbolchisi sifatidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mastantuono "River Pleyt"dan 45 mln evrolik tovon puli evaziga transfer qilindi.

"Bugun o‘ziga xos hissiyotlar kuni, so‘nggi yillarda futbol olamida paydo bo‘lgan eng iste’dodlardan biri klubimizga o‘tmoqda. Qadrli Mastantuono, tabriklayman, chunki bugun tug‘ilgan kuningizda orzuingiz ro‘yobga chiqmoqda.

"Real" bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan "River Pleyt" haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bugun siz "Real"da o‘ynagan argentinalik futbolchilarning nufuzli ro‘yxatiga qo‘shilasiz.

Bugundan boshlab siz 15 karra Evropa chempionlarining oq libosini kiyasiz. Biz bilan bo‘lishni istayotganingiz uchun katta rahmat", - dedi "Real" prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!