Florentino Peres Mourinyoni olib kelmoqchi
“Benfika” klubining bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozda “Real”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Madrid klubining prezidenti Florintino Peres 63 yoshli mutaxassisni yozda jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda, shu bilan birga jarayonni faol boshqarmoqda. Mourinyoning kelishi uchun “Real” “Benfika”ga 3 million yevrogacha kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.
Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha madriddliklarni boshqargan. U uch mavsumda jamoa bilan 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi (La Liga, Ispaniya kubogi hamda UEFA Superkubogi). Bundan tashqari, Mourinyo 2011 yilda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan.
Avvalroq Mourinyo Madrid klubini boshqarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayni damda “Real”ni yanvarda Xabi Alonso o‘rnini egallagan Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. 33-turdan so‘ng klub La Ligada 2-o‘rinda bormoqda va katta ehtimol bilan mavsum shu o‘rinda yakunlaydi. Birinchi pog‘onadagi “Barselona” bilan oradagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda.

Fikrlar