Florentino Peres Mourinyoning transfer iltimosini bajarishga tayyor
«Real» klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Joze Mourinьo so‘ragan transferni amalga oshirishga tayyor. Bu haqida Touchline nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Peres Mourinьo iltimosiga binoan Madrid klubiga ijodkor markaziy yarimhimoyachi olib kelishga rozi. Biroq bu faqat bitta shart bilan amalga oshadi: agar Peres ushbu futbolchi «qirollik klubi» uslubiga mos kelishiga to‘liq ishonса. Agar shubha qolsa, transfer umuman amalga oshirilmaydi.
Peres yangi yarimhimoyachini yozgi transfer oynasida olish tarafdori. Ammo Joze Mourinьo kerakli futbolchini allaqachon qishki transfer davridayoq jamoaga qo‘shishni talab qilmoqda.

Fikrlar