Florian Virts nega “Liverpul”ni tanladi? Asosiy omil aniqlandi

  • 31.05.2025 19:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumda "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts "Liverpul" safiga o‘tishi mumkin. Tomonlar transfer yuzasidan muzokara olib bormoqda.

Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, Virtsning qaror qabul qilishdagi asosiy sababi — yangi bosh murabbiy Arne Slot unga jamoada "o‘nchi raqam" (playmaker) rolini taklif qilgani bo‘lgan.

"Florian uchun hal qiluvchi omil — Arne Slot unga "Liverpul"da hujumni boshqaruvchi asosiy figura sifatida qarayotgani bo‘ldi.

Agar u "Bavariya"ni tanlaganida, bu rolni Jamal Musiala bilan bo‘lishishiga to‘g‘ri kelardi. Murabbiylar bilan bo‘lgan muzokaralar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi" – dedi Kristian Falk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!