Forbes dunyoning eng ko‘p daromad oladigan futbolchilarini e’lon qildi

  • 14 sentabr, 2020, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoga mashhur Forbes jurnali sayyoramizning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Tecno

Ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasini “Barselona” forvardi Lionel Messi egalladi. 33 yoshli argentinalik futbolchining yillik daromadi 126 million dollarni tashkil etadi. Kuchli uchlikdan esa, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (117 mln dollar) va PSJ hujumchisi Neymar (96 mln dollar) joy oldi.

Quyida dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari kuchli o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:

  1. Lionel Messi – 126 mln dollar (shundan maosh qismi – 92 mln dollar).
  2. Krishtianu Ronaldu – 117 (70).
  3. Neymar – 96 (78).
  4. Kilian Mbappe – 42 (28).
  5. Muhammad Saloh – 37 (24).
  6. Pol Pogba – 34 (28).
  7. Antuan Grizmann – 33 (28).
  8. Garet Beyl – 29 (23).
  9. Robert Levandovski – 28 (24).
  10. David de Xea – 27 (24).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!