"Forbes": Dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingi e'lon qilindi

  • 29.05.2026 17:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Forbes" nashri 2026 yil uchun dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini taqdim etdi. Ro'yhatda ketma-ket beshinchi yil ham Madriddning "Real" klubi yetakchilik qildi.

"Qirollik klubi"ning umumiy qiymati 9,5 milliard dollarga baholandi. Shuningdek, klubning yillik daromadi 1,265 milliard dollarni tashkil etgan.

Reytingning ikkinchi pog'onasidan "Barselona" joy oldi — 7,5 milliard dollar. Kataloniya klubining yillik daromadi esa 1,063 milliard dollarga yetgan.

Uchinchi o'rinda "Manchester Yunayted" qayd etildi. Angliya grandining qiymati 7,2 milliard dollar deb baholangan.

"Forbes" talqiniga ko'ra, dunyoning eng qimmat 10 ta futbol klubi quyidagicha:

1. "Real Madrid" — 9,5 mlrd dollar (+41%), daromad: 1,265 mlrd dollar;

2. "Barselona" — 7,5 mlrd dollar (+33%), daromad: 1,063 mlrd dollar;

3. "Manchester Yunayted" — 7,2 mlrd dollar (+9%), daromad: 865 mln dollar;

4. "Liverpul" — 6,2 mlrd dollar (+15%), daromad: 911 mln dollar;

5. PSJ — 5,8 mlrd dollar (+26%), daromad: 912 mln dollar;

6. "Bavariya" — 5,7 mlrd dollar (+12%), daromad: 938 mln dollar;

7. "Manchester Siti" — 5,5 mlrd dollar (+42%), daromad: 900 mln dollar;

8. "Arsenal" — 5,4 mlrd dollar (+59%), daromad: 895 mln dollar;

9. "Chelsi" — 4,2 mlrd dollar (+29%), daromad: 637 mln dollar;

10. "Tottenxem" — 3 mlrd dollar (-9%), daromad: 733 mln dollar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!