Fotograflar uchun xushxabar! "O‘zbekiston” o‘yingohiga 2000 lyuksli yoritish tizimlari o‘rnatilmoqda (Foto)

  • 23 mart, 2021, 16:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilgi mavsumda ilk bor O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan “Turon” futbol klubining uy o‘yingohi hisoblanadigan "O‘zbekiston" arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirilmoqda.

Tecno

"Turon" klubi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni damda "O‘zbekiston" o‘yingohida 4x8 m o‘lchamda ulkan “UZLED” elektron monitori foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yorug‘lik darajasi 2000 lyuks bo‘lgan “Philips” svetodiod yoritish tizimi o‘rnatish ishlarining so‘ngi bosqichi amalga oshirilmoqda.

rasm1_1

rasm2_1

rasm3_1

Qolaversa, "O‘zbekiston" o‘yingohida futbol muxlislari uchun yangi tribunalar qurib bitkazildi. Klubimiz nomi aks ettirilgan mazkur tribunalar sig‘imi 4000 tomoshabin uchun mo‘ljallangan.

tribuna

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!