
Foydalanilmagan imkoniyatlar pand berdi - "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" chempionatni durang bilan boshladi
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Har ikki jamoa vakillari bir necha bor yaqqol golga tortadigan vaziyatlar yaratdi. Biroq goh darvozabonlar yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, goh hujumdagilar mo‘ljalda adashdi.
Shu tariqa, jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Fikrlar