Franchesko Totti: "Yuventus" bu mavsum ham chempion bo‘ladi, "Roma" esa kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashadi

  • 29 avgust, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” klubi afsonasi Franchesko Totti rimliklarning joriy mavsum A Seriyada qanday natija qayd etishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Roma” hech bo‘lmaganda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi yo‘lida kurashishi uchun transfer oynasi yopilishi arafasida qandaydir ulkan transferni amalga oshirishiga umid qilaman.

Umid qilamanki men bu borada xato qilyapman. Ammo, 30 yillik futboldagi faoliyatdan so‘ng hamma narsani to‘g‘ri baholaydigan bo‘lib qolasiz. Men bu mavsum ham “Yuventus” chempion bo‘ladi deb hisoblayman. Chunki, ular juda ham kuchli. Joriy yilda “Inter” va “Napoli” ham kuchaydi. Shu bois kuchli uchlik ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Afsuski, “Roma” faqat to‘rtinchi o‘rin uchun kurashishi mumkin. Bu mavsumoldi jarayonlarini hisobga olganda ayni haqiqatdir.

“Inter” va “Napoli” chempionlik yo‘lida “Yuventus”ga so‘nggi pallalargacha raqobat qilishi mumkin. Ammo, biz bilamizki turinliklar kerakli paytda gazni bosishadi”, - deydi Totti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!