Frank: "Natija kutilganidek bo‘lmadi, lekin o‘yinni yomon deb hisoblamayman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Angliya Premer-ligasida "Bёrnli"ga qarshi bahsdan (2:2) keyin jamoa oʻyiniga baho berdi. Uchrashuv soʻngida "shporlar" muxlislari murabbiyga nisbatan norozilik bildirib, uni isteʼfoga chiqishga chaqirishdi.
— Sizning isteʼfoingizni talab qilgan muxlislarga qanday murojaat qilgan boʻlardingiz? Jamoa deyarli Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqqan boʻlsa-da, bu yana bir omadсиз oʻyin boʻldimi?
— Siz "yana bir omadsiz oʻyin" dedingizmi? Men buni yomon oʻyin deb hisoblamayman. Balki natija biz kutganidek boʻlmagandir. Ammo butun oʻyin davomida, ayniqsa birinchi taymda jamoaning oʻyini yaxshi boʻldi. Uchrashuv oxiridagi harakatlarimiz ham yomon emas edi. Ikkinchi taym oʻrtacha darajada oʻtdi, bunday oʻyinlarni siz koʻp bor koʻrgansiz.
Afsuski, hammasini ikki epizod hal qildi — ushbu vaziyatlarda biz himoyada yetarlicha yaxshi oʻynay olmadik. Hozir aynan shu jihat ustida juda koʻp ishlayapmiz. Shu bilan birga, ham Chempionlar ligasida, ham Premer-ligada munosib ishtirok etish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz. Bu — hozirgi real holat.
— Uchrashuv oxirida yana sizga qarshi chiqqan muxlislarga nima deysiz?
— Muxlislarga murojaatim har doimgidek: biz toʻgʻri yoʻnalishda harakat qilish uchun juda qattiq mehnat qilyapmiz va bu ishni davom ettiramiz, — dedi Frank.
Fikrlar