
Frantsiya chempionati futbolchilarining narxlari yangilandi, Abduqodir Husanovning narxi o‘zgardimi?
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ayni damda Frantsiyaning "Lans" jamoasida o‘ynamoqda. Taniqli "Transfermarkt" portali Liga 1da harakat qilayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 19 yoshli vakilimizning narxi 2 barobarga oshib, 800 ming evroga etdi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum Liga 1ning uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikrlar