Frantsiya chempionati qachon davom ettiriladi?

"Biz liga uchun eng yaxshi variantni ko‘rib chiqyapmiz. UEFA "Evro-2020" musobaqasini ortga surgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bu qaror bizning rejalarimizni tuzishimizda katta yordam beradi. 

Bizning asosiy maqsadimiz Liga 1 va Liga 2 ni tugatib qo‘yish. Bu barcha frantsuz jamoalari uchun muhimdir. Liga 15 aprelga qadar davom ettirilmasligi aniq", - dedi Frantsiya professional futbol ligasi prezidenti Natali Bua de la Tur.

Ma’lumot uchun, Frantsiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 7,5 mingdan ziyod va 148 inson mazkur infektsiya oqibatida vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!