
Frantsiya chempionatida mavsum ramziy terma jamoasi tuzildi
France Football nashri Frantsiya chempionatining bu mavsum ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra terma jamoa quyidagi futbolchilardan tashkil topgan:
Darvozabon: Predrag Raykovich («Reyms», o‘rtacha baho — 5,96)
Himoyachilar: Amari Traore («Renn», 5,41), Tiago Silva (PSJ, 5,75), Yunis Abdelxamid («Reyms», 5,64), Fetu Mauassa («Renn», 5,59).
Yarim himoyachilar: Marko Verratti (PSJ, 6), Eduardo Kamavinga («Renn», 6,13), Anxel Di Mariya (PSJ, 6,17).
Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, 6,35), Neymar (PSJ, 6,07), Vissam Ben-Yedder («Monako», 5,84).
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya Professional Ligasining (LFP) yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi va unda direktorlar kengashi Liga 1 va Liga 2 da 2019/20 yilgi mavsumni yakunlashga ovoz berdi.
Koronavirus pandemiyasi bois chempionat bahslari to‘xtatilgan vaqtda PSJ peshqadam bo‘lib turgan edi va parijliklar mamlakat chempioni, deb tan olindi.
"Loryan" esa Liga 2 g‘olibi bo‘ldi. "Amen" va "Tuluza" elitani tark etgan bo‘lsa, "Loryan" va "Lans" kelgusi mavsum oliy divizionda ishtirok etadigan bo‘ldi.
Fikrlar