Frantsiya chempioni hayotdan ko‘z yumdi

  • 24.05.2020 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Oser” klubi tarkibida 1995-1996 yillarda Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan hujumchi Fabris Lepol 44 yoshida olamdan o‘tdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sobiq futbolchi avariyaga uchragan va bir kundan keyin vafot etgan.

- Marhumning oilasiga o‘z hamdardligimizni bildiramiz, - deyiladi klub bayonotida.

Fabris Lepol faoliyati davomida “Sent-Eten” va “Kan” jamoalari sharafini ham himoya qilgan. Hozir uning o‘g‘li Esteban “Lion”ning yoshlar jamoasida o‘ynamoqda.

PSJ tarbiyalagan yosh futbolchi olamdan o‘tdi

Sakkiz mamlakatda o‘ynagan futbolchi o‘zini o‘ldirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!