Sakkiz mamlakatda o‘ynagan futbolchi o‘zini o‘ldirdi
“Radnichki” klubi tarbiyalanuvchisi Milyan Mrdakovich Belgrad markazidagi ijara uyida o‘zini o‘ldirdi. U 38 yoshda edi.
O‘z vaqtida iste’dodli futbolchi sifatida ko‘zga ko‘ringan Mrdakovich «Metallist», «Partizan», «Anderlext», «Gent», «Zaltsburg», «Makkabi» Tel-Aviv, «Vitoriya» Gimaraynsh, «Shandun Lunen», «Apollon» kabi sakkiz mamlakatning ko‘plab jamoalarida to‘p surgan. U faoliyatini 2017 yilda Belgradning “OFK” jamoasida yakunlagan edi.
Hujumchi Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida ishtirok etgan. 2008 yili Pekin olimpiadasida ham to‘p surgan.
Fikrlar