
Frantsiya IIV "Sent-Eten" muxlislariga Lionga borishni taqiqladi
Frantsiya Ichki Ishlar Vazirligi “Sent-Eten” futbol klubi muxlislariga “Lion”ga qarshi bahsga kirishni taqiqladi.
Bu qaror jamoalar muxlislari o‘rtasidagi raqobat va tajovuzkor xatti harakatlar natijasida yaiqarildi. Ushbu xolat jamoat tartibini buzilishiga olib kelish havfi vujudga keltirish mumkinligi aytilmoqda.
Shu sababdan vazirlik tomonidan muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni kamaytirish uchun bu qaror qabul qilindi. Avvalroq bu jamoalar o‘rtasidagi bahslar muxlislarning xatti harakatlari tufayli to‘htatilgan. Bu haqida RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Ushbu qarama-qarshilik bugun 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar