
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron jarohatlangan Kilian Mbappening ahvoli bilan qiziqdi
Kilian Mbappe PSJning mamlakat Kubogidagi g‘olibligidan so‘ng Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlashdi.
Bahsning 27-daqiqasida himoyachi Loik Perren Mbappega nisbatan qo‘pollik ishlatdi va hujumchi o‘yinni davom ettira olmadi.
Taqdirlash marosimiga qo‘ltiqtayoq bilan chiqqan Mbappe va prezident Makron o‘rtasida kichik suhbat bo‘lib o‘tdi.
- Ahvoling yaxshimi? - so‘radi prezident.
- Hamon og‘riq sezyapman.
- Singan joyi bor, deb o‘ylaysanmi?
- Yo‘q, menimcha unday emas.
- Kasalxonaga borasanmi?
- Ha, marosimdan so‘ng darhol ketaman, - deydi Mbappe.
Fikrlar