Frantsiya qarorgohini tark etgan Benzema sohil bo‘yida dam olmoqda

  • 29 noyabr, 2022, 22:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohat tufayli Frantsiya milliy terma jamoasining Qatardagi qarorgohini tark etgan Karim Benzema biroz dam olmoqchi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "Oltin to‘p" sohibi Hind okeanidagi orollardan biriga uchib borgan va bir necha kun vaqtini o‘sha erda o‘tkazishni maqsad qilgan. U avval ham bu erga kelgandi. O‘shanda Karim baxtsiz hodisaga uchragan.

Bir necha kun oldin Benzemaning "Real" mashg‘ulotlariga qaytishi va o‘z sport formasini imkon boricha tezroq yaxshi holatga qaytarishga harakat qilishi taxmin qilinayotgandi. Ammo "uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham Frantsiya Karim xizmatidan foydalanishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

Frantsiyaliklar o‘z guruhida 6 ochko to‘plab, muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!