Frantsiya Qozog‘istonni tor-mor etdi, Niderlaniya esa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 14 noyabr, 2021, 02:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh 2022 saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

O‘z maydonida Qozog‘istonni qabul qilgan frantsuzlar 8:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida, Mbappe poker qayd etgan bo‘lsa, Benzema esa dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Rabo va Grizmann bir gol muallifiga aylandi. 

Chernogoriyaga qarshi maydonga chiqqan Niderlaniya bu turda muhim ochkolarni qo‘ldan chiqardi. Dastlab, Depay o‘z gollari bilan jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Vukotich va Vujnovich uchrashuv durang bilan tugashini ta’minlab berdi. 

Estoniya bilan o‘yin o‘tkazgan Belgiya ham 3:1 hisobida ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Benteke, Karrasko va Azarning gollari jamoasiga muhim ochkolarni taqdim etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!