Frantsiya tarix yaratishga juda yaqin. Ularga qadar bu ishni faqat bir jamoa uddalagan!

  • 18 dekabr, 2022, 12:59
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

14 dekabr sanasida Jahon chempionatining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Frantsiya qiyinchilik bilan Marokash ustidan g‘alaba qozonib, finalda Argentina bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Vaziyatdan foydalangan holda, Desham shogirdlari qayd etish arafasida turgan bir nechta rekordlarga e’tibor qaratamiz. Ajablanarlisi shundaki, Frantsiya futbol tarixining "oyog‘ini osmondan qilib tashlash"ga qodir rekordlar arafasida turibdi…

gk34o4k3g

Futbol tarixida atigi ikki jamoagina o‘z titulini keyingi mundialda munosib himoya qilishning uddasidan chiqqan. 1934 yilda Italiya Jahon kubogi oltin medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oradan 4 yil o‘tib, Frantsiyada bo‘lib o‘tgan turnir finalida Vengriyani 4:2 hisobida enggan va qatorasiga ikki bor shohsupaga ko‘tarilgan. Keyinroq, buni Braziliya terma jamoasi Pele yordamida takrorladi. Avvaliga 1958 yilda mezbon Shvetsiyani finalda 5:2 natijasi bilan mag‘lub etgan “selesao”, 1962 yil Chilida o‘tgan turnirda ham hech kimga "non qoldirmadi".

a2a23a_1

Bu tryukni takrorlash ikki termaga nasib etmagan. Argentina Maradona yordamida 1986 yilda JChda zafar quchadi. Finalda Germaniya 3:2 hisobida taslim etiladi. Oradan 4 yil o‘tib, aynan nemislar Maradona boshchiligidagi “albiseleste” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan. Bunday omadsiz rekord Braziliyaga ham begona emas. Romario boshchiligidagi jamoa 1994 yilda AQShda o‘tkazilgan musobaqada g‘alaba qozonadi. 4 yildan keyingi final bahsida Frantsiyada qaqshatqich zarba qabul qiladi. Zidanning oltin davriga to‘g‘ri kelgan o‘yin 3:0 hisobida turnir mezbonlari foydasiga hal bo‘lgan. E’tiborlisi shundaki, 2002 yilda Braziliya qatorasiga uchinchi finalda ishtirok etgan. Yodingizda bo‘lsa, Luis Felipe Skolarining super Braziliyasi finalda Germaniyaga hech (2:0) hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.

m34kgm3k4mg3

Final bugun, 18 dekabr sanasida Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Sizningcha, bu bahsda kimning qo‘li baland keladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
BOBOQULOV QAHRAMON
18/12/2022 19:25
Messi bunga loyiq ammo oltin to'p emas