Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh-2022 qur’a natijalari haqida gapirdi

  • 2 aprel, 2022, 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh-2022 guruh bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida fikr bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya “D” guruhida Daniya, Tunis terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Shuningdek, bu guruhga Peru - Avstraliya - BAA jamoalari o‘rtasiagi pley-off o‘yinlari g‘olibi ham qo‘shiladi.

"Biz tahlil qilishimiz kerak. Men har doim, u yoki bu tarzda baho berishdan qochishga harakat qilaman. Agar biz takabbur bo‘lmasak, bu oldinga tashlangan qadam bo‘ladi.

Daniyani hamma ham yaxshi bilmaydi, lekin ular oxirgi Evropa chempionatining yarim finalida o‘ynagan va FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turibdi. Biz Tunisni juda hurmat qilamiz va ulardan ehtiyot bo‘lamiz.

Qur’a biz uchun yanada yaxshiroq bo‘larmidi, buni bilmayman, ammo bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin edi. Men doim xotirjamman”, - dedi frantsiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!