Frantsiyalik muxlislar Shveytsariyaga qarshi o‘yin qayta o‘tkazilishini xohlashmoqda

  • 1 iyul, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi muxlislari sevimli jamoasining “Evro-2020”ni 1/8 final bosqichidayoq tark etganidan norozi.

Tecno

Frantsuzlar penaltilar seriyasida Shveytsariyaga yutqazishdi. Shu kuni hal qiluvchi zarbani terma jamoa yulduzi Kilian Mbappe aniq amalga oshira olmadi.

RTL Sport xabariga ko‘ra, tarmoqda Frantsiya - Shveytsariya uchrashuvini qayta o‘tkazishni talab qiluvchi petitsiya paydo bo‘lgan. Frantsuz muxlislari Kilian Mbappe penaltini tepgan paytda raqib darvozaboni Yan Zommer darvoza chizig‘ida bo‘lmagan va qoidalarni buzgan deb hisoblamoqda. Murojaatni allaqachon 240 mingdan ortiq kishi imzolagan va imzolar soni o‘sishda davom etmoqda.

Frantsiyani musobaqadan chiqarib yuborgan Shveytsariya ertaga chorak finalda Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!