"Freestyle chess-2025" turnirining so‘nggi kunidagi muhim bahslar start oldi

  • 14 fevral, 17:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ikki hamyurtimiz Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen va Hikaru Nakamuraga qarshi javob bellashuvida ishtirok etishmoqda. 
 
Agarda Sindarov bugun norvegiyalik raqibini engib, 3-o‘rin sohibiga aylansa, 100 ming dollarga ega bo‘ladi. Mag‘lubiyatga uchrasa esa 60 ming dollarni qabul qilib oladi. 
 
Nodirbek esa Hikaru ustidan g‘alaba qozonib, 5-o‘rinni egallasa, 50 ming dollar oladi. Agarda shaxmatchimiz muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, 40 ming dollar bilan kifoyalanadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki grossmesterimiz ham ilk uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy bergan edi. 
 
Muhim bellashuvlardan oldin shaxmatchilarimizga omad tilab qolamiz.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!