
"Freestyle Chess": Karlsen kurashdan chiqdi, Abdusattorov va Sindarov g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradi
Las-Vegasda davom etayotgan "Freestyle Chess" turniri o‘zining eng qizg‘in pallasiga yaqinlashmoqda. Ajablanarlisi, Magnus Karlsen mazkur turnirning yuqori to‘rtlik pley-offiga sensatsion tarzda yo‘l ololmadi.
Bu shuni anglatadiki, u turnir g‘olibligi uchun kurash olib borolmaydi va maksimal uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin. Shunday qilib, biz ushbu safargi freestyle chess turnirida yangi chempionni ko‘rishimiz kafolatlandi. Bungacha Kaymer Vaysenxausda, Karlsen esa Parijda g‘alaba qozongandi.
Turnirning yuqori setkasidan Pragnanandxa, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Levon Aronyan o‘rin egalladi. Quyi to‘rtlikdan esa Karlsen, So, Keymer va Assaubaeva o‘rin olgan.
Bu shuni anglatadiki, bizning yigitlar mazkur turnirda chempionlik uchun kurashni kuchlilar qatorida davom ettiradi. Ya’ni g‘oliblik uchun kurashadigan 4 shaxmatchidan 2 nafari aynan o‘zbekistonlik.
Fikrlar