
Frenki De Yong "Barselona"ni tark etadimi? Klub prezidenti izoh berdi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yarim himoyachisi Frenki De Yong tez orada boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar urchib ketgani bois, Joan Laporta voqeaga izoh berdi.
"To‘g‘risi, bir nima deyish qiyin. Kuchli futbolchilarni jamoamizda qolish qolmasligi so‘roq ostida. Hozir biz uchun eng muhimi klubning moliyaviy ahvolini o‘nglash. "Barselona"ni avvalgi darajaga olib chiqish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz.",-deya Laportadan "Cataluniy Radio" iqtibos keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Frenki 2019-yilning yozida "Ayaks"dan "Barsa" safiga kelib qo‘shilgan. 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda 31 uchrashuvda o‘yinga tushib 3 gol va yana shuncha assist qayd etgan.
Fikrlar