
Fujayra shahrida taekvondo bo‘yicha yakuniy Gran-prining ochilish marosimi o‘tdi (foto)
Kecha BAAning Fujayra shahrida taekvondoning Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan yo‘nalishi bo‘yicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi start oldi. Ochilish marosimida BAA va Xalqaro taekvondo federatsiyasining rahbarlari ishtirok etib, taekvondoning rivoji va oldindagi yuksalishlar haqida fikr-mulohazalar olib bordilar. Shuningdek, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan taekvondo ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilgan muxlislarga xush kayfiyat ulashdi. E’tiboringizga ushbu tadbirdan fotolavhalarni taqdim qilamiz:
Fikrlar