
Futbol qaytmoqda yoxud "Sport" TV bugun Jasur Yaxshiboevning o‘yinini jonli efirda ko‘rsatadi
Xabaringiz bor, bugun hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarovlar to‘p surayotgan "Energetik-BGU" klubi Belarus chempionatining 2-turida Brestda "Rux" klubi mehmoni bo‘ladi.
"Sport" telekanali esa ushbu uchrashuvni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan. Bu haqda telekanal sharhlovchisi Bobur Akmalov xabar bermoqda.
"Belarus chempionati davom etyapti. Hozircha. Ikki nafar hamyurtimiz o‘ynayotgan Minskning "Energetik-BGU" klubi bugun Brestning "Rux" klubi uyiga safar qiladi.
O‘yinni "Sport TV" orqali namoyish etish rejamiz bor. Jonli translyatsiyalarni sog‘inganlar uchun ajoyib oqshom bo‘ladi, nasib bo‘lsa.
O‘tgan turning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan, tur ramziy jamoasidan joy olgan Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov o‘yinlaridan bahra olamiz.
22:00 da start. Sharhda esa... O‘zingiz ko‘raqoling!", - deb yozadi Akmalov.
Fikrlar