Futbolchi maydonda jon berdi

  • 05.04.2021 09:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Moskvaning "Znamya Truda" klubi yoshlar jamoasi ishtirokidagi o‘yinda fojiali hodisi yuz berdi. Aniqrog‘i, futbolchi Nikita Sidorov maydonda jon berdi.

“Futbol uchrashuvidagi fojia bugun "Torpedo" stadionida yuz berdi. "Znamya Truda" yoshlar jamoasining futbolchisi birdan o‘zini yomon his qila boshladi. U deyarli bir zumda vafot etdi, shifokorlarning yordamini kutishga vaqt topolmadi. Dastlabki tashxis - bu miya anevrizmasi.

Futbolchining oila a’zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, - deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, Rossiya professional futbol ligasi ham 18 yoshli futbolchining oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Anevrizma – bu ma’lum vaqtdan so‘ng portlashi mumkin bo‘lgan “bomba”dir. Bugungi kunda anevrizmaning oldini olish tadbirlari mavjud emas. Bosh miya tomirlari anevrizmasi bilan kasallangan bemorlar qon bosimlarini nazorat qilib turishlari kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!