
Futbolni bekor qilgan Frantsiya prezidenti ot poygasini tiklashga ruxsat berdi
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan karantin choralariga qaramay, mamlakatda ot poygalarini qayta tiklashga qaror qildi.
Bundan avvalroq hukumat pandemiya sabab futbol bo‘yicha mamlakat chempionati bellashuvlarini muddatidan avval yakunlashga qaror qilgan edi. Natijada, Liga 1 ning ko‘plab jamoalari ushbu qarordan norozi bo‘lishdi.
Ayni damgacha Frantsiyada Covid-19 bilan bog‘liq 140 mingga yaqin holat qayd etildi.
Fikrlar