Futzal. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi halqaro turnirda g‘olib chiqdi

  • 15 iyul, 2024, 19:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyning Lanjou shahrida o‘tkazilgan halqaro turnirda g‘olib chiqdi. 

Vakilalarimiz bugun bir necha soat oldin yakuniga etgan hal qiluvchi turda Vetnam futzalchilariga qarshi parketga chiqib, 5:5 hisobida jangovor durang qayd etdi. Buning natijasida esa, ayollarimiz muddatidan ilgari turnir g‘olibiga aylandi. Bir necha daqiqalardan keyin start oladigan Eron - Xitoy bahsi endilikda shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilib qo‘yiladi. 

Biz mazkur musobaqadagi g‘oliblik bilan futzal ayollar terma jamoasini chin dildan muborakbod etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
15/07/2024 22:48
Балли !!!