
Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video)
2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston arenalarida bo‘lib o‘tadi. O‘FA matbuot xizmati mundial mezbonlik qiladigan shaharlar nomlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, musobaqa Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi Jahon chempionligi uchun kurash olib boradigan mazkur musobaqa tarixda 10-bor tashkil etilmoqda. Unda g‘olib Portugaliyadan torib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Frantsiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14 sentyabr — 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi.
VIDEO!
Fikrlar