
Futzal terma jamoamizda Jaxon chempionati oldidan yana bir jiddiy yo‘qotish
Jahon chempionati oldidan terma jamoamizda yana bir katta yo‘qotish
"Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev Frantsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Tekshiruv natijalari uning barmog‘i singanini va noma’lum muddatga safdan chiqqanini ko‘rsatdi. Afsuski, futzalchimiz yurtimiz mezbonlik qiladigan va yaqinlashib kelayotgan Futzal bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Ravshanning tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz" - deyiladi O‘FA habarida.
Fikrlar