Fuzaylov hali gʻalaba qozonmagan jamoani qabul qilib oldi. U qutqara olarmikin?
Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan tojikistonlik mutaxassis Hakim Fuzaylov yurtimizda oxirgi bor Urganchning “Xorazm” jamoasida ishlaganidan xabaringiz bor.
U 2024 va 2025 yillgi mavsumlarda ushbu klubni boshqardi. Pro ligadan Superligaga olib chiqishga munosib hissa qo‘shdi. Ammo keyin natijalar kutilganidek chiqmadi. Natijada rahbariyat Hakim Qayumovichni klubda boshqa lavozimga o‘tkazdi. Aniqro‘g‘i, yil boshida “Xorazm”da maslahatchi sifatida ishlab kelaotgandi. Yaqinda esa ushbu jamoadan butunlay ketdi.
Fuzaylov “Xorazm” ustozi sifatida 59 ta o‘yinda ishtirok etdi. 15 g‘alaba, 16 durang va 28 mag‘lubiyat qayd etildi. To‘plar nisbati 69\77.
Shu tariqa, Haqim Qayumovichning u yerdagi missiyasi yakunlandi va oradan ko‘p o‘tmasdan yangi ish joyiga ega bo‘ldi. Endilikda u Qirg‘iziston chempionatida “Kirgizaltin” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
E’tiborliisi, Qirg‘iziston “Jokrogu liga”sida 16 ta ishtirokchi orasida “Kirgizaltin” 11 ta o‘yinda atigi 2 ochko jamgarib, oxirgi o‘rinda boryapti. 2 durang va 9 mag‘lubiyat, g‘alaba yo‘q! Hakim Fuzaylov qaerga va nima uchun borayotganini yaxshi tushunib turgandi. U qutqaruvchi vazifasida ishga kirdi. Maqsad jar yoqasiga kelib qolgan klubni qutqarish.
Fuzaylov boy murabbiylik tajribasiga ega. Boisi, u ko‘plab klublarda, jumladan yurtimizda “Xorazm”dan avval “Buxoro”, “Dinamo”, “Andijon”, “Lokomotiv” jamoalarini boshqargan, Tojikistonda milliy terma jamoani, “Istiqlol”, “Kuktosh” va “Xo‘jand” jamoalariga ustozlik qilgan. Shuningdek, Rossiyada “Lokomotiv”, “Rostov”, “Titan”, “Terek” singari klublarda turli lavozimlarda ish olib borgan.
Hakim Qayumovich “Kirgizaltin”ni jarlikdan qutqara olarmikin? Bu borada u eng shimarib ishga kirishishiga to‘g‘ri keladi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar