
Fyuri: UFC 246ga shaxsan tashrif buyuraman!
Boksning og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri UFC ikki divizionining sobiq chempioni Konor Makgregor va Donald Serrone o‘rtasidagi jangni ko‘rish uchun tashrif buyurishini aytib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, Konor g‘olib bo‘ladi. Menimcha, Makgregor "kovboy"ni nokaut qiladi.
Makgregor bu ishni qanday bajarishini ko‘rish uchun shaxsan tashrif buyuraman," - dedi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Serrone o‘rtasidagi jang UFC 246 doirasida 18 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Fyuri MMAdagi debyut jangida aynan Makgregor uning murabbiyi bo‘lishini aytgan edi.
Fikrlar