G‘alaba muborak! O‘zbekiston OTJ yarim finalda

  • 19 yanvar, 2020, 20:12
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak finaldan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 18:15da start oladi. Bellashuvni siz saytimiz orqali JONLI EFIRda tomosha qilishingiz mumkin.

BAA - O‘zbekiston uchrashuvini JONLI EFIRDA tomosha qiling

Qolaversa, uchrashuv shu erda matnli translyatsiya qilinadi.

Jamoalarning tarkiblari bilan tanishing:

EOpPvx5VAAA1L_Y

* Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Navbati bilan davlatlar madhiyasi yangradi.

* Bugun terma jamoamiz ko‘k rangli libosda harakat qiladi. BAA esa oq formada to‘p tepadi.

1* O‘yin boshlandi. OLG‘A O‘ZBEKISTON!!!

2* Halfan Hassan birga-bir vaziyatdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Abduvohid Ne’matov qutqarib qoldi. Yashshshshshaaavor Abduvohid.

3* Jarimadan Jasurbek Yaxshiboev sherigi Bobir Abdixoliqovni to‘pni oshirdi. Hujumchimiz boshi bilan darvozaga yo‘llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

6* Hojiakbar Alijonov burchakdan uyushtirilgan kombinatsiyani zarba bilan yakunladi. Darvozabon o‘z o‘rnida.

9* Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan 2 futbolchini aldab jarima maydoniga yaqinlashib zarba berdi. Biroq noaniq.

12* Raqibning bir futbolchisi maydonda yiqilib yotgani uchun unga shifokorlar yordam ko‘rsatishdi.

13* Gooool. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni jarima maydoni ichidan Zayid Al Ameri darvozamizga kiritdi.

EOpdHrEVUAARbSL

16* Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. Tezkor javob. Ilhomjon Alijonov chap oyog‘i bilan jarima maydoniga yaqin joydan kuchli zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi.

EOpd5XnVUAAFiwE

21* Hakam VARga murojaat qildi. Oybek Bozorov jarima maydonida yiqitilgani uchun.

24* Hakam uzoq o‘ylanishlardan so‘ng penalti belgiladi.

26* GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOolllll. Islomjon Qobilov penaltidan gol urdi.

EOpfl42UcAIBGzA

29* Terma jamoamiz yana bir xavfli vaziyat yaratdi. Ammo bu safar to‘p to‘singa tegib qaytdi.

33* Ketma-ket gollardan keyin hamyurtlarimizda o‘zlariga bo‘lgan ishonch ortdi. To‘pni nazorat qilishmoqda.

37* Raqiblar ketma-ket burchakdan zarbalar berishdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etishdi.

41* Goooooooooooooooooooooooooooooooooooolll. Oybek Bozorov jarima maydoniga yaqinlashib zarba berdi. Oldinga biroz chiqib ketgan raqib posboni Bozorov to‘pgan to‘pni qaytara olmadi.

EOpjiPjUEAchUEc

44* Hojiakbar Alijonov o‘tkir burchakdan zarba berdi. Noaniq.

45* Zayid Al Ameri uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Abduvohid Ne’matov qaytardi.

45* Birinchi taymga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

45+3* Dastlabki bo‘lim yakunlandi. Hisob bizning foydamizga 3:1. Tanaffus!!!

EOpkhmzUYAEwKre

46* Ikkinchi taym boshlandi.

50* Majid Rashid futbolchimizga qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

52* Azizjon G‘aniev standartdan tepgan to‘pni raqib darvozaboni ushlab oldi.

56* Ayni paytda terma jamoamiz ishonch bilan harakat qilmoqda, yana hujumga o‘tyapti. Bu esa raqibga noqulayliklar tug‘dirmoqda.

631579444469

65* Oybek Bozorov o‘rniga Nurillo To‘xtasinov maydonga tushdi.

67* Arablar futbolchimizga biroz qo‘pollik ishlatgani uchun o‘yinda to‘xtalish kuzatilmoqda.

70* O‘yin tempi ancha tushdi. Raqiblar hujumga o‘tish uchun yo‘l topa olmayapti. Futbolchilarimiz ularga bo‘sh xududlar qoldirishmayapti.

72* Husniddin Aliqulov maydon markazida qarshisidagi futbolchini yiqitgani uchun ogohlantarildi.

76* Azizjon G‘aniev qarshi hujumni yakunlamoqchi bo‘lib zarba berdi. Biroq u tepgan to‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi.

77* Sanjar Qodirqulov o‘rniga Doston Ibragimov maydonga tushdi.

80* BAA o‘yinchilari bosimni oshirishdi. Bir nechata urinishlarni amalga oshirishdi. Biroq ularning harakatlaridan naf chiqmadi.

81* Azizjon G‘aniev jarima maydoni ichidan qanotdan Hojiakbar Alijonovga pas berdi. Alijonov 12 metrlardan tepgan to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

85* GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOooooooooooollllll. Juda chiroyli tarzda tashkil etilgan hujumni Jasurbek Yaxshiboev gol bilan yakunladi.

EOpyS9MUcAAcr1g 

88* Hojiakbar Alijonov o‘rniga Dilshod Saitov maydonga tushdi.

90* O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi.

90+3* GOooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooollllll. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Nurillo To‘xtasinov qiyinchiliksiz darvozaga kiritdi.

90+5* Bo‘ldi, tugadi, Olimpiya terma jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biz yarim finaldamiz.

BAA - O‘zbekiston 1:5

Gollar: Zayid Al Ameri 13 - Ilhomjon Alijonov 16, Islomjon Qobilov penalti 26, Oybek Bozorov 41, Jasurbek Yaxshiboev 85, Nurillo To‘xtasinov 90+3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/01/2020 21:52
Oybek shunchaki super. shu bola hammasi hal qilib chiqib ketdi. chunki. birinchi golni kerakli faqt tup oshirdi. ikkinchi golga ham. qurqmasdan kerib bordi. 3 golni esa. shunchaki super. qisqasi. Yana bir bor rahmat. Nasaf shunday uyinchilarni etkazib bergani uchun. lekin Sanjar nima uynayapti bilmayman. Sharofni nimaga olib ketkan.
Базарбай Ерназаров
19/01/2020 20:12
Маладец өзбекистан
Ozodbek Sodikov
19/01/2020 20:05
Olg'a O'zbekiston
&
BBS UZB
19/01/2020 18:35
Chorak finalda faqat mezbon maqomidagilar g'alaba qozonadi shekilli, afsus...