G‘alaba qozongan "Liverpul" "Siti"ga yaqinlashdi, "Arsenal" va "Lester"da durang

  • 23 yanvar, 2022, 21:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi 3 o‘yin yakuniga etdi. "Liverpul" Londonda "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Mazkur 3 ochko peshqadam "Siti" bilan oradagi tafovut 9 ochkogacha qisqarishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, "Arsenal" o‘z maydonida "Byornli" bilan murosa ko‘chasini tanladi. Tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Yana bir uchrashuvda "Lester" hamda "Brayton" o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Mezbonlar safida Patson Daka tomonidan kiritilgan golga mehmonlar Denni Uelbekning aniq zarbasi orqali javob qaytardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!