"Galatasaray" "Real Madrid" futbolchisi bilan muzokara o‘tkazmagan

  • 27 iyul, 16:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaray" bosh murabbiyi Okan Burukning ma’lum qilishicha, klub madridning "Real" jamoasi darvozaboni Andrey Lunin bilan muzokaralar olib bormagan va hozirda ham bunday reja yo‘q. Uning ta’kidlashicha, jamoa darvozabon izlamoqda, ammo Lunin variant sifatida ko‘rilmayapti.

Tecno

"Boshqa ko‘plab variantlar bor. Bu borada ishni davom ettiryapmiz" – deya Burukning so‘zlarini keltiradi "Sporx".

In Toronto, Ontario, Canada, on June 7, Team Ukraine goalkeeper and Real Madrid player Andriy Lunin warms up at the 2025 Canadian Shield Tournament...

Avvalroq Lunin "Real"dan ketishga tayyor ekani, ammo faqat yangi jamoada asosiy tarkibda bo‘lish kafolati berilsa, shunday qaror qabul qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, hech qaysi klub unga bunaqa kafolat bermagan.

2024/25 yilgi mavsumda ukrainalik 26 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 14 ta o‘yin o‘tkazdi va 19 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunigacha tuzilgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!